Startap texnologiyalar – bu startapni yaratish, yurgizish va boshqarishni о‘rganadigan fandir. Ushbu kurs Tejamkor Startap” (Lean Startup) konsepsiyasidan talabalarga о‘z biznesini boshlashi yoki biror startapga qо‘shilishi va asosiy ishtirokchi bо‘lib qolishi uchun zarur bо‘lgan bilimlarni berish uchun namuna sifatida ishlatiladi. Talabalar tadbirkorlik, biznesni boshlashning huquqiy jihatlari va startapda ishlash tajribasi bilan tanishish bilan bir qatorda har qanday startapda yoki о‘z biznesini ochishda foydalanishlari mumkin bо‘lgan kо‘nikmalarga ega bо‘ladilar. Har bir talaba ushbu kо‘nikmalarni auditoriyada, haqiqiy startap biznesni (mahsulot va xizmatlarning oldindan belgilab qо‘yilgan tо‘plamga asoslanib) yaratish orqali amalga oshiradi.