Biznes rejalashtirish” fanining iqtisodiyotdagi tutgan o'rni, bozor va uning tuzilmalarining ishlashi va rivojlanishi, biznes-rejani tuzish usullarini va rejalashtirish texnologiyasini qо‘llash, biznes-reja ishlab chiqish, bozor imkoniyatlarini baholash, korxona va mahsulotni baholash, bozorda mahsulotning siljish strategiyasini tanlash, ishlab chiqarish rejasi tayyorlash, korxonaning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish, biznes-rejani amalga oshirish uchun zaruriy investitsiyalar samaradorligini baholash malakalariga ega bо‘lishi kerak. Shuning uchun, “Biznes rejalashtirish” fanidan yetarlicha bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlik talab etiladi.


Talabalar milliy iqtisodiyotning shakllanish jarayonlarini, undagi tarkibiy о‘zgarishlarni, iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solish  usullarini, shuningdek, iqtisodiyotning tarmoq tizimini va ularni tavsiflovchi kо‘rsatkichlardan foydalangan holda ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish yо‘llarini  о‘rganadi va kelgusida professional bilimga ega bо‘lgan mutaxassislar sifatida shakllanadilar.
Fanning asosiy vazifasi «Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash»  fanining predmeti, tamoyillari, usul va uslubiyotlari tо‘g‘risida talabalarga bilim berishdan iborat.
Fanni о‘kitishda «Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash» fanidan ilg‘or pedagogik hamda axborot texnologiyalarining (aqliy hujum, bumerang, insert, veyer, prezentatsiya, slaydlar tayyorlash va ulardan samarali foydalanish,  testlar tayyorlash, internet tizimidan) usullaridan foydalaniladi.