О‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat jamiyatni yanada demokratlashtirish va yangilash, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va isloh etishni yanada chuqurlashtirishga yо‘naltirilgan davlat siyosatining muhim qismi hisoblanadi. Davlatning iqtisodiy siyosati uning xalq turmush darajasi va sifatini, moddiy va ijtimoiy farovonligini oshirishga, munosib hayot sharoitlarini yaratish maqsadida ijtimoiy yо‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, barqaror va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar, vositalar tizimini ifodalaydi. Davlat iqtisodiy siyosat orqali iqtisodiyotga aralashib, uni ma’muriy, huquqiy va iqtisodiy mexanizmlar, dastaklar vositasida tartibga soladi.