Talabalar milliy iqtisodiyotning shakllanish jarayonlarini, undagi tarkibiy о‘zgarishlarni, iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solish  usullarini, shuningdek, iqtisodiyotning tarmoq tizimini va ularni tavsiflovchi kо‘rsatkichlardan foydalangan holda ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish yо‘llarini  о‘rganadi va kelgusida professional bilimga ega bо‘lgan mutaxassislar sifatida shakllanadilar.
Fanning asosiy vazifasi «Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash»  fanining predmeti, tamoyillari, usul va uslubiyotlari tо‘g‘risida talabalarga bilim berishdan iborat.
Fanni о‘kitishda «Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash» fanidan ilg‘or pedagogik hamda axborot texnologiyalarining (aqliy hujum, bumerang, insert, veyer, prezentatsiya, slaydlar tayyorlash va ulardan samarali foydalanish,  testlar tayyorlash, internet tizimidan) usullaridan foydalaniladi.